Xorazm viloyatining turizm va madaniyat sohasi vakillaridan iborat delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning London shahrida bo'lib o'tayotgan "WTM London" nufuzli xalqaro turizm yarmarkasida faol ishtirok etmoqda.
Yarmarkada Xorazm viloyatining turizm jozibardorligini namoyish qilish, xorijiy sayyohlar oqimini yanada oshirish hamda milliy madaniyat va san’atimizni targ'ib qilish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.