DataLife Engine / Оrtiqcha tashvishlarsiz: kam ta'minlangan oilalar avtomatik ravishda gaz va elektr energiyasi uchun bir martali kompensatsiya oladilar

Оrtiqcha tashvishlarsiz: kam ta'minlangan oilalar avtomatik ravishda gaz va elektr energiyasi uchun bir martali kompensatsiya oladilar

Bu mablag‘lar isitish mavsumida gaz va elektr energiyasiga xarajatlarni qisman qoplashga yordam beradi. Bir martali kompensatsiya uchun davlat 370 mlrd so‘m yo‘naltiradi.


Bir martali kompensatsiyalar 1,4 mln muhtoj oilani qamrab oladi. Davlat ularni to‘lash uchun 370 mlrd so‘m ajratdi. Oktyabr oxirigacha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Mahalla uyushmasi va hokimliklar ehtiyojmandlar ro‘yxatini shakllantiradilar.


Qanday kompensatsiya


Isitish mavsumida (noyabr-fevral) kommunal to‘lovlarga xarajatlar ortadi. Ehtiyojmandlarga ko‘mak berish uchun, davlat yilda bir marta quyidagilar bo‘yicha yordam puli to‘laydi:


To‘lov gaz va elektr energiyasiga tariflar oshishi oqibatini yumshatishda yordam beradi.


Savol: Agar nogironligi bor bola uchun nafaqa olayotgan bo‘lsam, asosiy ro‘yxatga kiramanmi?


Javob: Yo‘q. Asosiy ro‘yxatga “Yagona ijtimoiy himoya reestri” orqali bola nafaqasi va/yoki moddiy yordam oluvchi oilalar kiradi. Ammo siz qo‘shimcha ro‘yxatga kirishingiz mumkin. 


Necha pul to‘lanadi?


Kompensatsiya yilda bir marta to‘lanadi. Miqdori – 270 ming so‘m.


Savol: Agar oilam katta bo‘lsa va 270 ming yetmasa, nima qilish kerak?


Javob: Bu 270 mingdan tashqari, siz – elektr energiyasi va gaz iste’moli ijtimoiy me’yordan oshganligi uchun boshqa kompensatsiya ham olishingiz mumkin. Bu ikki kompensatsiya sizga isitish mavsumida gaz va elektr uchun to‘lov qilishda yordam beradi. Ikkinchi kompensatsiyani qanday olish to‘g‘risida keyinroq so‘zlab beramiz.


Agar asosiy ro‘yxatga kirsangiz, kompensatsiya qanday olinadi


Agar oila “Yagona ijtimoiy himoya reestri” orqali bolalar nafaqasi va/yoki moddiy yordam oladigan bo‘lsa, kompensatsiya avtomatik ravishda o‘sha kartaga tushadi. Hyech narsa qilish talab etilmaydi.


Savol: Agar bir uyda “Yagona ijtimoiy himoya reestri”dan bir nechta oila yashaydigan bo‘lsa, har bir oila 270 ming so‘m oladimi?


Javob: Ha. Bu kompensatsiya oilaga to‘lanadi.


____________________

Savol: Agar men bir necha bolaga nafaqa oladigan bo‘lsam, kompensatsiyam ko‘proq bo‘ladimi?


Javob: Yo‘q, kompensatsiya miqdori bolalar/oila a’zolari soni va boshqa shartlarga bog‘liq emas. Miqdori hamma uchun bir xil – 270 ming so‘m.


Asosiy ro‘yxatda bo‘lmasangiz, kompensatsiya qanday olinadi


Bir martali kompensatsiyani qo‘shimcha ro‘yxatdagi kam ta’minlanganlar – boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz onalar, nogironlar va boshqa ehtiyojmandlar ham oladilar.

Pul qachon tushadi


Pul kartaga 2024-yil 27-noyabrdan keyin o‘tkaziladi.


Murojaat qilish uchun


Konsultatsiya va munozaralarni hal etish uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining tezkor liniyasi ishlamoqda. Qisqa raqam – 1140.


Muhim Eslatib o‘tamiz, bir martali kompensatsiya – davlatdan yagona yordam emas. Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalar yana elektr energiyasi va gaz iste’moli ijtimoiy me’yordan oshganligi uchun ham kompensatsiya oladilar.


26-10-2024, 11:41
Вернуться назад