Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limlari hamkorligida Qoraqalpog'iston Respublikasi Shumanay tumanida ''Men ham harbiy bo'laman'' kitob-albomi taqdimoti o'tkazildi.
Tadbirda kitob mualliflari hamda shumanaylik yoshlar milliy davlatchiligimiz hamda armiyamiz tarixi haqida suhbatlashdilar. Shumanaylik faol yoshlarga, harbiylarga kitoblar tuhfa qilindi.