DataLife Engine / Xorazm farzandi Uchqun Quronboyev Para dzyudo bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi

Xorazm farzandi Uchqun Quronboyev Para dzyudo bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi


Xalqaro ko‘zi ojizlar sport federatsiyasi tomonidan para dzyudo bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini beruvchi yakuniy reyting e’lon qilindi. 

E’tiborlisi, ushbu reyting natijalariga ko‘ra 8 nafar O‘zbekistonlik para dzyudochi Fransiya poytaxtida bo‘ladigan Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasiga ega bo'ldi.

Ular ichida Xorazm farzandi -73 kg vazn toifasida Uchqun Quronboyev (J2) Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining para dzyudo musobaqalari 5-7 sentyabr kunlari “Champ-de-Mars Arena”sida bo‘lib o‘tadi.

2-08-2024, 17:29
Вернуться назад