DataLife Engine / Xivada IHTga aʼzo davlatlar rasmlari koʻrgazmasi ochildi

Xivada IHTga aʼzo davlatlar rasmlari koʻrgazmasi ochildi


Xiva — Islom dunyosining turizm shahri deb e’lon qilingani munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro tadbirlar doirasida “Islom dunyosining muqaddas qadamjolari” mavzusidagi rasmlar ko‘rgazmasi ochildi.

 “Islom dunyosining muqaddas qadamjolari” mavzusida ochilgan rasmlar ko‘rgazmasida Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning muqaddas qadamjolari tasvirlangan rasmlar namoyish etilmoqda. Jami 60 ta asarning har birida Islom dunyosi uchun betakror va ahamiyatli ziyoratgohlar tasvirlangan. Ko‘rgazma tashrif buyuruvchilarga Islom davlatlarining madaniy va ma’naviy merosi bilan tanishish, ularning diniy an’analari va tarixi muhitiga sho‘ng‘ish imkoniyatini beradi. Asarlar Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar rassomlari tomonidan yaratilgan.

3-06-2024, 18:10
Вернуться назад