Fuqarolarning taklif va istaklarini inobatga olgan holda “Tashabbusli budjet” jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Bunga ko‘ra, endilikda:
“Tashabbusli budjet” jarayonlari “Bir fuqaro – bir ovoz” tamoyili asosida o‘tkazilishi;
“Mening yo‘lim” loyihasi har yili “Tashabbusli budjet” jarayonining birinchi mavsumi bilan birlashtirilgan holda o‘tkazilishi belgilanmoqda.