DataLife Engine / Viloyat hokimligida shahar va tumanlar sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari ishtirokida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligida shahar va tumanlar sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari ishtirokida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

       

   Yig‘ilishni viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov boshqarib bordi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general-mayor Davron Nazarmuhammedov har bir mahallani jinoyatchilikdan xoli, xavfsiz hududga aylantirish bo‘yicha Xorazm tajribasini yaratish, bu yo‘nalishda hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar xususida to‘xtaldi. Yig‘ilishda Urganch shahridagi Temiryo‘lchi mahallasida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar taqdimoti, shuningdek,   tinchlik osoyishtalikni saqlash  va jamoat xavfsizligini ta’minlashda mahallabay ishlash tizimi samaradorligini oshirish borasidagi vazifalar muhokama qilindi.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
15-09-2023, 10:44
Вернуться назад