DataLife Engine / Kichik tadbirkorlik subyektlari soni 23 mingdan oshdi

Kichik tadbirkorlik subyektlari soni 23 mingdan oshdi



Viloyatimizda  2023- yil 1- iyul holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni jami 23 152 tani tashkil etadi.

Joriy yilning 6 oyi davomida  viloyatimizda 3 100 ta yangi  kichik biznes subyekti tashkil etilgan bo'lib, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p kichik korxona va mikrofirma savdo sohasida 1 386 ta, sanoatda 526 ta hamda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 308 ta yangidan tashkil etilgan.

Tuman va shaharlar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p kichik korxona va mikrofirma Urganch shahrida (374 ta), Shovot tumanida (365 ta) hamda Urganch tumanida (302 ta) yangidan tashkil etilgan.


25-08-2023, 12:04
Вернуться назад