DataLife Engine / Хorazm viloyatida 2 ta “Biznes-inkubator va murabbiylik markazi” tashkil etilmoqda

Хorazm viloyatida 2 ta “Biznes-inkubator va murabbiylik markazi” tashkil etilmoqda


Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xuzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan Jahon banki ishtirokidagi “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish – 2- faza” loyihasi doirasida Xorazm viloyatida 2 ta “Biznes-inkubator va murabbiylik markazi” tashkil etilishiga koʻmaklashish belgilangan.

“Biznes-inkubator va murabbiylik markazlari” tadbirkorlarni, tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan aholini, ayniqsa yoshlar va ayollarni tadbirkorlikka oʻqitadi, ularga biznes loyihalarini ishlab chiqishga yordamlashadi, biznes gʻoyalarni shakllantirishga koʻmaklashadi, moliyalashtirish yoʻllarini topishga yordam qiladi, ularning tadbirkorlik faoliyati yoʻlga tushib ketguncha murabbiylik qiladi.

“Biznes-inkubator va murabbiylik markazlari” maqsadi – biznesni qoʻllab-quvvatlash.

Ushbu loyiha koʻmagi bilan Xorazm viloyatida “Biznes-inkubator va murabbiylik markazi”ni tashkil etish, faoliyatini olib borish va bundan tijorat faoliyati sifatida foyda olish istagida boʻlgan nomzodlar oʻz arizalarini joriy yilning 26-iyuniga qadar Xorazm viloyati hokimligi huzurida tashkil etilgan komissiyaga taqdim etishlari mumkin.

Agar Siz boshqa viloyatda ham oʻz biznes-inkubator va murabbiylik markazingizni tashkil etish va uni barqaror tijorat faoliyatingizga aylantirmoqchi boʻlsangiz tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz!

Qoʻshimcha ma’lumot olish uchun +99899 505 56 78  telefon raqami orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

14-06-2023, 16:47
Вернуться назад