DataLife Engine / Bugun xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʼlib oʼtdi.

Bugun xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʼlib oʼtdi.


     Sessiyada tashkiliy masala koʼrib chiqildi. Tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Аlisher Salaev egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Xorazm viloyati hokimi Joʼrabek Raximovning tavsiyasi bilan Аxmedov Shuxrat Kurvondurdievich Tuproqqalʼa tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bungacha Sh.Аxmedov Xorazm viloyati qishloq xoʼjaligi boshqarmasi boshligʼi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Sessiyada viloyat hokimi Joʼrabek Raximov soʼzga chiqib, Xorazmning eng kenja va shu bilan birga hudud jihatidan eng katta tumani hisoblangan Tuproqqalʼani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish, barcha sohalarda islohotlar muvaffaqiyatini taʼminlash borasidagi vazifalar haqida toʼxtaldi. 

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

1-04-2023, 16:33
Вернуться назад