Xorazm viloyati hokimi Joʼrabek Raximov tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shavkat Yaxshiboev egallab turgan lavozimidan ozod qilingani munosabati bilan Bogʼot tumani hokimi lavozimiga Nazarov Jahongir Baxromovich nomzodini tavsiya etdi. Muzokaralardan keyin deputatlar nomzodni bir ovozdan maʼqulladilar. Yangi lavozimga tasdiqlangunga qadar Nazarov Jahongir Baxromovich Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshligʼi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Sessiyada viloyat hokimi Joʼrabek Raximov soʼzga chiqib, kecha muhtaram Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi chogʼida belgilab berilgan vazifalar va ularni izchil amalga oshirish chora-tadbirlari xususida toʼxtaldi. Bogʼot tumanining iqtisodiy salohiyati yuksakligi, hali foydalanilmayotgan imkoniyatlar juda katta ekanligini taʼkidlab, ana shu masʼuliyatli vazifalarni bajarishda tumanning yangi rahbariyati va faollariga muvaffaqiyat tiladi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati