DataLife Engine / Bugun xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʼlib oʼtdi.

Bugun xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʼlib oʼtdi.


    Sessiyada tashkiliy masala koʼrib chiqildi. Kun tartibidagi masala boʼyicha Xorazm viloyati hokimi Joʼrabek Raximov soʼzga chiqib, tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Frunze Sharipov egallab turgan lavozimidan ozod qilingani munosabati bilan Urganch tumani hokimi lavozimiga Sultanov Gʼayratjon Poʼlatovich nomzodini tavsiya etdi. Ushbu taklif tuman Kengashi deputatlari tomonidan maʼqullandi. Yangi lavozimga tasdiqlangunga qadar Sultanov Gʼayratjon Poʼlatovich Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpogʼiston Respublikasi boshqarmasi boshligʼi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

      Sessiyada viloyat hokimi Joʼrabek Raximov soʼzga chiqib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha ishlab chiqilgan “Yoʼl xaritasi” ijrosi boʼyicha tuman faollari oldida turgan vazifalar xususida toʼxtaldi.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

1-04-2023, 16:30
Вернуться назад