DataLife Engine / Chigit ekishga kirishildi

Chigit ekishga kirishildi

Bugun Shovot tumanida 2023 yil hosili uchun chigit ekish ishlarini tizimli tashkil etish masalalariga bagʼishlangan viloyat amaliy seminari oʼtkazildi. Seminarda sektor boshliqlari, qishloq xoʼjaligi sohasi mutaxassislari, klasterlar va fermer xoʼjaliklari rahbarlari ishtirok etdilar. Tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʼrabek Raximov va tajribali mutaxassislar soʼzga chiqib, ekish mavsumini maqbul muddatlarda sifatli yakunlash, jumladan, yerlarni ekishga tayyorlash, urugʼlik va mineral oʼgʼitlar sarfi boʼyicha oʼz tavsiyalarini berdilar. Shuningdek, mavsumda mexanizatorlarni moddiy ragʼbatlantirish, yoqilgʼi taʼminoti masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Navroʼz arafasida nuroniy otaxonlarning oq fotihasi bilan yerga urugʼ qadashga kirishildi.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


21-03-2023, 15:36
Вернуться назад