Bugun mamlakatimizning 14 ta shahrida, jumladan Urganchda Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab "Yangi nafas" ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi. Sog‘lom turmush tarzini yanada keng targ‘ib etish maqsadida tashkil qilingan ushbu tadbirda turli yoshdagi yurtdoshlarimiz, jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan fuqarolar ham faol ishtirok qildilar.
3 km masofani birinchilardan bo‘lib bosib o‘tgan ishtirokchilar finish chizig‘ida tantanali kutib olindi. Jaloliddin Manguberdi haykali poyida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Jo‘rabek Raximov g‘oliblarga diplom va qimmatbaho sovg‘alarni topshirdi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati