DataLife Engine / “Yashil makon” umummilliy loyihasi

“Yashil makon” umummilliy loyihasi

Joriy yilda viloyatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 14 mln. tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt koʼchatlarini ekish rejalashtirilgan. Shundan 9 mln. dona koʼchat bahor mavsumida oʼtqaziladi. 

Bugun Urganch tumanida koʼchat ekish tadbirlarini belgilangan agrotexnologiya talablari asosida, maqbul muddatlarda oʼtkazish masalalariga bagʼishlangan koʼrgazmali seminar tashkil qilindi. Unda ekiladigan koʼchatlarni har bir hududning tuproq sharoitdan kelib chiqqan holda tanlash, sugʼorish tizimini yoʼlga qoʼyish va parvarishlash bilan bogʼliq masalalar boʼyicha tavsiyalar berildi.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
9-03-2023, 09:35
Вернуться назад