Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizning bir qator hududlarida “Yangi Oʼzbekiston” massivlari bunyod etilmoqda. Bugun viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʼrabek Raximov Tuproqqalʼa tumanining “Obod” mahallasi hududida barpo etilayotgan “Yangi Oʼzbekiston” massividagi qurilishlar bilan tanishdi.
Loyiha boʼyicha massivda koʼp qavatli uy-joylar, 360 oʼrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, oilaviy poliklinika, savdo va maishiy xizmat koʼrsatish obʼektlari bunyod etiladi. Viloyat rahbari qurilish ishlarini sifati va tarmoq jadvali boʼyicha tahlil qildi, taʼminot masalasidagi ayrim muammolar yechimini hal qilib ishlarni jadallashtirish chora-tadbirlarini belgilab berdi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati