8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida istiqomat qilayotgan, yoshlari asrga tengdosh tabarruk onaxonlar holidan xabar olinib, ularga viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʼrabek Raximovning bayram tabrigi va sovgʼalari topshirildi.
Qatagʼon va urush yillarining ogʼir sinovlarini boshidan oʼtkazgan, bir asrlik tarixning jonli guvohi boʼlgan moʼʼtabar onaxonlar duoga qoʼl ochib, eʼtibor va eʼzoz uchun oʼz minnatdorchiligini bildirdilar, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini tiladilar.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati