Bugun viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʼrabek Raximov viloyat narkologiya dispanserining yangi binosi qurilishi, viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazida olib borilayotgan taʼmirlash ishlari hamda viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasidagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Mazkur tibbiyot muassasalarida ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar bilan xastalangan bemorlar davolanadi. Shuning uchun mazkur shifo maskanlari toʼliq davlat taʼminotida boʼlib, tibbiy xizmat sifati alohida nazoratga olingan.
Viloyat narkologiya dispanserining yangi binosi qurilishi uchun byudjetdan 21 mlrd. 168 mln soʼm mablagʼ ajratilgan boʼlib, qurilish-montaj ishlari yakuniga yetmoqda. Viloyat ftiziatriya va pulьmonologiya markazida 170 oʼringa moʼljallangan davolash boʼlimi hamda 50 ta qatnovga moʼljallangan dispanser boʼlimi binolari qurilishi uchun 13 mlrd. 963 mln soʼm mablagʼ ajratilgan.
Viloyat rahbari qurilish-taʼmirlash ishlari sifatini koʼzdan kechirdi, tibbiyot muassasalari hududlarini obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish boʼyicha topshiriqlar berdi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati