DataLife Engine / Bayramingiz muborak, aziz opa-singillar!

Bayramingiz muborak, aziz opa-singillar!

Bugun bahor va yasharish, goʼzallik va nafosat bayrami – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʼishlangan viloyat tadbiri oʼtkazildi. Bayram tadbiriga viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan fan, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda mehnat qilib, yuqori natijalarga erishib kelayotgan, ijtimoiy hayotda faol xotin-qizlar taklif etildi. 

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʼrabek Raximov tadbir ishtirokchilarini 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy qutladi. Oila va jamiyatni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi munosib xizmatlari uchun viloyatimiz ayollarining bir guruhiga “Moʼtabar ayol” koʼkrak nishoni hamda viloyat hokimining Faxriy yorligʼi topshirildi. Viloyat sanʼat ustalari ijrosidagi kontsert dasturi tadbirga oʼzgacha fayz bagʼishladi. 

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

5-03-2023, 11:59
Вернуться назад