DataLife Engine / “Xavfsiz hayot uchun” velo va piyoda yurish marafoni oʼtkazildi

“Xavfsiz hayot uchun” velo va piyoda yurish marafoni oʼtkazildi

    Bugun Toshkent shahri, Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida “Xavfsiz hayot uchun” shiori ostida velo va piyoda yurish marafoni oʼtkazildi. Huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan dasturlar doirasida tashkil etilgan ushbu marafonda viloyatimiz vakillari ham faol ishtirok etdilar. Marafon qatnashchilariga nur qaytargichli jiletlar va xavfsiz hayotga chaqiruvchi bukletlar tarqatildi. Jaloliddin Manguberdi majmuasida oʼtkazilgan taqdirlash marosimida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʼrabek Raximov marafonda faol qatnashgan bir guruh ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʼalarni topshirdi.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
5-03-2023, 11:58
Вернуться назад