Bugun Urganch tumanidagi 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʼrabek Raximovning navbatdagi sayyor qabuli oʼtkazildi. Qabulda viloyatimiz shahar va tumanlaridan kelgan 215 nafar fuqaro oʼzlarining muammoli masalalari yuzasidan murojaat qildilar. Bu galgi sayyor qabulda Urganch shahri va Urganch tumanidan kelgan fuqarolar koʼpchilikni tashkil qildi. Murojaatlar asosan moddiy yordam olish, davolanish, ishga joylashish, mulkga egalik huquqini belgilash, yer munosabatlari, ichki yoʼllarni taʼmirlash kabi masalalar xususida boʼldi. Murojaatlarning bir qismi shu joyning oʼzida hal qilindi, ayrim masalalar boʼyicha fuqarolarga huquqiy tushuntirish berildi, qoʼshimcha oʼrganishni talab qiladigan muammoli masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati