DataLife Engine / Urganch shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʼrabek Raximovning biznes vakillari uchun navbatdagi qabuli oʼtkazildi.

Urganch shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʼrabek Raximovning biznes vakillari uchun navbatdagi qabuli oʼtkazildi.

Maʼlumki, viloyat “Tadbirkorlar uyi” kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlarining muammolarini hal qilish, ularning takliflarini oʼrganish va amaliy yordam berish maqsadida tashkil qilingan boʼlib, “Call-markaz” orqali qabul qilingan murojaatlar tegishli soha rahbarlari ishtirokida muhokama qilinadi. Viloyat rahbari har haftada ushbu murojaatlar asosida tadbirkorlarni shaxsan qabul qilyapti va muammoli masalalar oʼz yechimini topmoqda. Bugungi qabulda ham 15 nafar tadbirkorning kredit, soliq va yer munosabatlariga oid murojaatlari tinglandi hamda ushbu muammolarni hal etish, biznes takliflarni qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari belgilandi.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

3-03-2023, 11:54
Вернуться назад