DataLife Engine / Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʼrabek Raximov “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd” MChJ ning Urganch filiali faoliyati bilan tanishdi.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʼrabek Raximov “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd” MChJ ning Urganch filiali faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur korxona Oʼzbekistonda gazlangan salqin ichimliklar bozorida yetakchi mavqega ega boʼlib, uning Urganchdagi filiali 1997 yildan buyon faoliyat koʼrsatib kelmoqda. Filialda 3 ta ishlab chiqarish liniyalari mavjud boʼlib, soatiga 48 ming dona plastik idishlarda va 24 ming dona shisha idishlarda gazlangan salqin ichimliklar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Jamoada hozirgi kunda 260 nafar ishchi xodim mehnat qiladi. Korxona mahsulotlariga ichki bozorda talab katta. Ishlab chiqarishni yanada kengaytirish maqsadida tayyor mahsulotlarni saqlash uchun avtomatlashtirilgan tizimda ishlaydigan yangi ombor qurilishi hamda salqin ichimliklarni metal idishlarda qadoqlangan holda ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda. 


Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

1-03-2023, 19:33
Вернуться назад