Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʼrabek Raximov Xiva shahridagi “Xiva gilam kombinati” MChJ da boʼlib, ishlab chiqarish jarayonlari, xom-ashyo taʼminoti, yangi ish oʼrinlari yaratish va eksport imkoniyatlari bilan tanishdi.
Umumiy qiymati qariyb 22 million dollar boʼlgan ushbu korxona 2020 yilda tashkil etilgan boʼlib, bu yerda gilam, polipropilen ip va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Oʼtgan yili akril tolasidan kalava va gilam tayyorlash loyihasi amalga oshirildi. Natijada ishlab chiqarish quvvati yiliga 2,2 million kvadrat metrga yetdi. Korxona mahsulotlari Ozarbayjon va Ukrainaga eksport qilinmoqda. Loyihaning 2-bosqichi ishga tushirilgandan keyin jami 500 nafar yigit-qizlar doimiy ish bilan taʼminlandi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati