DataLife Engine / Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining oltmish birinchi sessiyasida

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining oltmish birinchi sessiyasida

      Bugun xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining navbatdagi oltmish birinchi sessiyasi boʼlib oʼtdi. Sessiya kun tartibiga:
- xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisini saylash toʼgʼrisidagi;
- viloyat sektor rahbarlarining viloyatni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim masalalari hamda "Temir daftar", " Аyollar daftari", "Yoshlar daftari" asosida 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari;
-viloyat sudlari raislarining 2022 yilda fuqarolar huquq va erkinliklari, korxona va tashkilotlar huquqlari hamda qonun bilan qoʼriqlanadigan manfaatlarining sud orqali himoya qilinishi boʼyicha axborotlari;
- shuningdek, boshqa bir qator muhim masalalar kiritildi.
Sessiyada viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi, 22-Oʼrtayop saylov okrugidan viloyat Kengashi deputati Raximov Joʼrabek Raximovich xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi etib saylandi.
Kun tartibidagi boshqa masalalar boʼyicha masʼul rahbarlarning hisobotlari eshitildi va deputatlarning qizgʼin muhokamalaridan soʼng tegishli qarorlar qabul qilindi.

   Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

24-02-2023, 14:52
Вернуться назад