DataLife Engine / Yoshlar komoloti yo‘lida

Yoshlar komoloti yo‘lida

Yoshlar qalbida yuksak maʼnaviyatni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosdir. Shu boisdan ham davlatimiz rahbari tomonidan  aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 




Ayni shu maqsadda «Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan har bir mahallada o‘z kutubxonalarini tashkil qilish va yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida  70 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga 40 xil nomdagi 2 000 dan ziyod o‘zbek va jahon adabiyotiga mansub badiiy kitoblar jamlanmasi topshirildi.

– Mahallalarning o‘z kutubxonalarini tashkil qilish va ularni badiiy adabiyotlar bilan boyitib borish aholining ayniqsa, uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli  o‘tkazishiga xizmat qiladi, – deydi fondning Xorazm viloyati boshqaruvi raisi Altiboy Rajapov. –  Farzandlarimiz tarbiyasida, ularning manan yetuk bo‘lib kamol topishlarida kitobning o‘rni beqiyos. Shuning uchun ham mahalla kutubxonalari yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning  intellektual salohiyatini o‘stirishga xizmat qiladigan kitoblar bilan   to‘ldirilmoqda.   

Darhaqiqat, bugun har bir inson uchun kitob mutolaasi suv va havodek zarur. Kelajagimiz egalri bo‘lgan yoshlarimizga   o‘zbek va jahon adabiyotiga mansub eng sara asarlarni  yetkazib berish ularning ertangi kun  kamoloti yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.  


22-02-2023, 16:58
Вернуться назад