DataLife Engine / Yoshlar yetakchilariga namunaviy ish kiyimi, xizmat sumkasi va elektroskuterlar topshirildi

Yoshlar yetakchilariga namunaviy ish kiyimi, xizmat sumkasi va elektroskuterlar topshirildi

      Bugun Urganch shahridagi “Yoshlar markazida” viloyat mahallalarida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilariga maxsus ish kiyimi, xizmat sumkasi va mahallasining qamrov hududi katta boʼlgan 12 nafar yoshlar yetakchisiga elektroskuterlar topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʼrabek Raximov ishtirok etib, yoshlar yetakchilari faoliyatini qoʼllab-quvvatlash va ularga qulay ish sharoitlarini yaratib berish borasidagi chora-tadbirlar bundan keyin ham davom ettirilishini taʼkidladi. Аsosiy maqsad yoshlar bilan ishlash, ularning orzu-intilishlari, maqsad va qobiliyatlarini roʼyobga chiqarish, bilim olish va kasb-hunar egallashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat ekanligiga eʼtiborni qaratdi.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

21-02-2023, 17:33
Вернуться назад