DataLife Engine / Yuqori natijalarga erishgan sektor rahbarlari ragʼbatlantirildi

Yuqori natijalarga erishgan sektor rahbarlari ragʼbatlantirildi

       Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2021 yil 23 avgustdagi 536-sonli qaroriga asosan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati filiali tomonidan viloyatning barcha shahar va tuman sektorlari rahbarlari faoliyatining samaradorligi baholanib borilmoqda. Viloyat hokimligida barcha shahar va tuman sektorlari rahbarlari ishtirokida oʼtkazilgan yigʼilishda 2022 yil yakuni boʼyicha sektor rahbarlari faoliyati samaradorligining reyting natijalari eʼlon qilindi.

 Xiva shahar 3-sektori rahbari Otajanov Batir Narimbaevich 93,2 ball, Yangiariq tumani 1-sektori rahbari Davletov Аnvar Kenjaevich 91,8 ball, Urganch tumani 2-sektori rahbari, hozirda Yangibozor tumani hokimi Jumaniyazov Ruslan Rustamovich 91,8 ball bilan reyting jadvalining yuqori pogʼonalarini egalladilar.
Shovot tumani 3-sektori 74,1 ball, Yangibozor tumani 2-sektori 74,2 ball, Gurlan tumani 2-sektori 76,1 ball bilan eng past koʼrsatkichlarni qayd etdilar.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʼrabek Raximov yuqori natijalarga erishgan sektor rahbarlarini tabriklab, tegishli sertifikat, pul mukofotlari, sovgʼalarni topshirdi.
Shuningdek, eng muhim samaradorlik koʼrsatgichlari boʼyicha yaxshi natijalarga erishgan shahar va tuman hokimlarining oʼrinbosarlaridan 54 nafari 6 oy davomida ish haqining 50 foizi miqdorida ragʼbatlantiriladi.
 
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

21-02-2023, 17:30
Вернуться назад