Bugun Urganch shahrida joylashgan harbiy qismda profilaktik hisobda turuvchi yoshlar ishtirokida oʼtkaziladigan “Jasorat maktabi” oʼquv yigʼinining ochilish tadbiri boʼlib oʼtdi. Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi, harbiy- maʼmuriy sektor rahbari Joʼrabek Raximov ishtirok etib, mazkur harbiy-vatanparvarlik yigʼini yoshlarning bilim va koʼnikmalarini, maʼnaviyati va jismoniy tayyorgarligini mustahkamlashda,kasbga yoʼnaltirishda muhim omil boʼlishini taʼkidladi. 10 kun davom etadigan ushbu yigʼinda yoshlar uchun nazariy va amaliy mashgʼulotlar bilan bir qatorda turli sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual oʼyini va boshqa madaniy tadbirlar tashkil etiladi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati