Bugun Hazorasp tumanidagi Bogʼdor mahallasida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʼrabek Raximovning navbatdagi sayyor qabuli oʼtkazildi.
Qabulda viloyatimizning turli hududlaridan kelgan 126 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. Qabulga kelganlarning koʼpchiligi Hazorasp, Tuproqqalʼa, Urganch tumanlari va Urganch shahridan boʼlib, murojaatlar asosan uy joy, yer munosabatlari va noqonuniy qurilishlar bilan bogʼliq muammolar, davolanish uchun moddiy yordam ajratish, ishga joylashish kabi masalalar xususida boʼldi. Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislari ishtirokida oʼrganilib, ayrim masalalarga shu yerning oʼzida yechim topildi, baʼzi fuqarolarga huquqiy maslahat berildi, yechimi qoʼshimcha oʼrganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
11-02-2023, 18:35
Вернуться назад