Xonqa tumanidagi Аlisher Navoiy muzeyida shoir tavalludining 582 yilligiga bagʼishlab yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunoslar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tadbir oʼtkazildi.
Tadbir avvalida Аlisher Navoiy haykali poyiga gullar qoʼyib, buyuk allomaga hurmat ehtirom koʼrsatildi. Soʼzga chiqqanlar buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Аlisher Navoiyning hayoti, yuksak insonparvarlik gʼoyalari, ilmiy-adabiy merosini yurtimizda va xalqaro miqyosda keng oʼrganish hamda targʼib etish xususida toʼxtaldilar. Viloyatimiz taʼlim muassasalarida navoiyxonlik tadbirlari davom etmoqda.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati