Bugun Urganch shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʼrabek Raximovning tadbirkorlar uchun navbatdagi qabuli oʼtkazildi.
Qabulda tadbirkorlar asosan biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun bank kreditlari ajratish, garov taʼminoti va ilgari olingan kreditlarni qaytarish muddatini uzaytirish, hisoblangan soliq toʼlovlari va jarimalarni toʼlashda imtiyozli muddat berish kabi masalalarda murojaat qildilar. Har bir murojaat tegishli banklar va viloyat soliq boshqarmasi rahbarlari ishtirokida oʼrganilib, tadbirkorlarga amaliy koʼmak berish, ularning biznes faoliyatini qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari koʼrildi. Respublika darajasida hal qilinadigan muammoli masalalar boʼyicha tegishli vazirliklar, qoʼmitalarga takliflar tayyorlandi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
10-02-2023, 17:38
Вернуться назад