Аmaliy seminarda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʼrabek Raximov, shahar va tumanlar hokimlari, taʼlim sohasi rahbarlari, maktab direktorlari ishtirok etdi.
Seminar qatnashchilari xorijiy til oʼqituvchilarining dars taqdimotlari, IT-texnologiyalar sohasida oʼz iqtidorlarini namoyish etayotgan yosh dasturchilar hamda oʼquv ustaxonalari faoliyati bilan tanishdilar.
Maktabda 2 ta xorijiy til va 17 turdagi kasblarni oʼrgatish uchun maxsus xonalar tashkil qilinib, ushbu toʼgaraklarga 7-11 sinf oʼquvchilaridan 220 nafari jalb qilingan. Mashgʼulotlarni yuqori malaka sertifikatiga ega chet tili oʼqituvchilari va Xivaning mashhur hunarmandlari olib boradi. Oʼquvchilar darsdan boʼsh vaqtlarida kasb oʼrganish barobarida, shogird sifatida maʼlum miqdorda daromad ham ishlab topadilar. Seminarda ushbu maktab tajribasini butun viloyat boʼyicha keng ommalashtirish chora- tadbirlari belgilab olindi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati