Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 1 yilga uzaytirildi.
“Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida toʻgʻrisida”gi Hukumat qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi (690-son, 17.11.2021-y.).
Eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:
● 2010-yilgacha berilganlari – 2022-yil 31-martgacha;
● 2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-iyungacha;
● 2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2022-yil sentyabrgacha;
● 2015-yildan keyin berilganlari – 2022-yil 31-dekabrgacha.
Ilgari 2021-yil 31-dekabrgacha almashtirish majburiy edi.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.