DataLife Engine / Sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmi va tarkibi

Sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmi va tarkibi

  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning   yanvar-iyun  holatiga viloyat sanoat korxonalari tomonidan umumiy hajmi 5 444,7 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan  sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi  109,5 % ni tashkil qilgan.

  Asosiy iqtisodiy faoliyat bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishning tarkibi :

•  Ishlab chiqaradigan sanoat – 5 228,3 mlrd.so‘m,
•  elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash  sanoati – 164,7 mlrd.so‘m,
•  suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilish sanoati – 50,6 mlrd.so‘m,
•  tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoati –  1,1 mlrd.so‘m.

  Ma’lumot uchun: Joriy yilning 1 iyul holatiga viloyatda   4 024 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritgan, shundan 3 990  tasi  (99,2 %) kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.
27-07-2021, 15:13
Вернуться назад