Eng ko‘p aholi qaysi hududlarda istiqomat qiladi?
Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1-iyul holatiga viloyat doimiy aholisi sonida eng katta ulush Urganch tumani (10,7 %), Hazorasp tumani (10,3 %), Xonqa tumani (9,9 %), Qo‘shko‘pir tumani (9,2 %) hamda Shovot tumani (9,1 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimida doimiy aholi soni ko‘rsatkichlari:
• Urganch tumani – 203,1 ming kishi,
• Hazorasp tumani – 196,3 ming kishi,
• Xonqa tumani – 189,4 ming kishi,
• Qo‘shko‘pir tumani – 174,4 ming kishi,
• Shovot tumani – 172,6 ming kishi,
• Bog‘ot tumani – 167,6 ming kishi,
• Gurlan tumani – 150,3 ming kishi,
• Xiva tumani – 148,0 ming kishi,
• Urganch shahri – 145,5 ming kishi,
• Yangiariq tumani – 117,8 ming kishi,
• Xiva shahri – 94,3 ming kishi,
• Yangibozor tumani – 88,5 ming kishi,
• Tuproqqal’a tumani – 56,5 ming kishi.