DataLife Engine / “Рақс сеҳри“ халқаро фестивалига 20 та давлатдан меҳмонлар келиши кутилмоқда

“Рақс сеҳри“ халқаро фестивалига 20 та давлатдан меҳмонлар келиши кутилмоқда

“RAQS SEHRI“ XALQARO FESTIVALIGA 20 TA DAVLATDAN MEHMONLAR KELISHI KUTILMOQDA
10.09.2018

Xorazm viloyatida joriy yilning 14-16 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Raqs sehri” xalqaro an’anaviy festivaliga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Raqs tomosha qilganda, kuy-qo‘shiq tinglaganda inson qalbi zavqqa to‘ladi, undan orom oladi. O‘zbek musiqa va raqs san’ati uzoq va boy tarixga ega. Birgina Xorazm viloyatini olaylik. “Lazgi” raqsi juda maftunkor bo‘lib, mutaxassislarning fikricha uning 100 dan ortiq turlari bor. Tomoshabinga zavq va yaxshilik ulashadigan bu san’at yildan-yilga sayqallanib, boyib bormoqda. Ko‘ngillarga zavq ulashuvchi, qalblarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi “Raqs sehri” xalqaro ananaviy festivaliga yigirmadan ortiq xorijiy davlatlardan mehmonlar kelishi kutilmoqda. Ayni kunlarda kuzatganimiz Urganch xalqaro aeroportidan to Xiva shahrigacha bo‘lgan masofa, umuman viloyatning barcha, shahar, tumanlarining markaziy ko‘chalari, aholi gavjum joylariga raqsning sehrli olamidan so‘zlovchi, uning mohiyatini ochib beruvchi bannerlar o‘rnatilib, bayramona bezatilmoqda. 



Xiva shahridagi “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro festival o‘zbek raqs san’atining o‘ziga xosligi va betakrorligining namoyishi bo‘ladi. Dastlab, Xiva shahridagi “Ichan qal’a kutubxonasi”da “Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab xalqaro turizmning barqaror rivojlanishida madaniy merosning tutgan o‘rni” mavzusida turizm, tarix, etnografiya, folklor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. SHuningdek, festival doirasida respublikamizning barcha hududlaridan kelgan raqqosa va raqqoslarning, badiiy jamoalarning chiqishlari, folklor etnografik ansambllarning teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari san’at ixlosmandlari hamda xorijiy davlatlardan kelgan mehmonlarga taqdim etiladi. Tasviriy va amaliy sanat ko‘rgazmalari, hunarmandlik ishlari yarmarkalari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ahmadjon Shokirov, O‘zA
6-12-2018, 15:54
Вернуться назад