DataLife Engine / Истиқболли халқаро ҳамкорлик

Истиқболли халқаро ҳамкорлик

TIQBOLLI XALQARO HAMKORLIK
21.08.2018

Xorazm viloyati hokimi v.b. F.Ermanov Belgiya senatori Alan Desteks janoblari bilan uchrashdi. O‘zbekiston va Belgiya hamkorligi siyosiy, savdo-iqtisodiy, gumanitar hamda turistik sohalarda izchil rivojlanib bormoqda. Belgiya O‘zbekistonning asosiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan davr ichida siyosiy, diplomatik, madaniy-gumanitar, savdo, investitsiyaviy va yuqori texnologiya sohalarida munosabatlar yanada mustahkamlandi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida vazirlikliklar o‘rtasida doimiy uchrashuvlar, ishbilarmon doira vakillari uchun biznes-forumlar tashkil etilib kelinadi. Bugun ertalab Belgiya senatori, parlamentlararo hamkorlik aloqalari bo‘yicha guruh raisi Alan Desteks janoblari viloyatimizga tashrif buyurdi. 



Xorazm viloyati hokimligida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov hurmatli mehmon bilan uchrashdi. O‘zbekiston Belgiyaga paxta tolasi, gazlama va noorganik kimyo mahsulotlarini eksport qiladi. Belgiya davlatidan mamlakatimizga mexanik uskunalar, farmatsevtika mahsulotlari, kauchuk, rezina va plastik mahsulotlar import qilinadi. Uchrashuv davomida turizm, savdo, iqtisodiy aloqalarni yanada kengroq rivojlantirish jumladan, Belgiyalik bir guruh ishbilarmonlarning viloyatimizga tashriflarini uyushtirish, ularni viloyatda mehmonaxonalar qurilishi va mehmonxona xizmatlarini tashkil etish bilan bog‘liq investitsion loyihalarga ko‘proq jalb qilish takliflari ilgari surildi. Bundan tashqari, mamlakatlarimiz o‘rtasida farmatsevtika, yo‘l qurilishi, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish ta’kidlab o‘tildi. Uchrashuv so‘nggida belgiyalik va xorazmlik ishbilarmon doira vakillari bilan biznes-forum o‘tkazish shuningdek, hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Belgiyadagi tarixiy shahar bilan birodarlik munosabatini o‘rnatishga kelishilindi.
6-12-2018, 15:53
Вернуться назад