Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



ZULFIYA IZDOSHLARI KO‘PAYMOQDA
02.12.2017

ZULFIYA IZDOSHLARI KO‘PAYMOQDA

Urganchda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar ko‘rik-tanlovining Xorazm viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 62 nafar qizlar adabiyot, fan, ta’lim, san’at va madaniyat yo‘nalishlarida o‘z mahoratini yana bir bor sinovdan o‘tkazdilar. Ishtirokchilarning tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha bilimi,erishgan yutuqlari,iqtidori, milliy qadriyatlarimiz, Vatanimiz tarixi, jahon madaniyati merosi haqidagi tushunchalari hay’at a’zolari tomonidan xolisona baholandi.

-Namunali xulqi, a’lo o‘qishi va keng dunyoqarashi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan iqtidorli qizlar o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan tanlovga qiziqish yil sayin ortib bormoqda,-deydi viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi,senator Sayyora Abdukarimova.- Bu yil tanlovning umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida o‘tkazilgan dastlabki bosqichida 23 ming nafarga yaqin o‘quvchi qizlarimiz ishtirok etgani quvonarlidir. Bugungi tanlov qizlarning ilmiy izlanishlari, ta’limdagi muvaffaqiyatlari, adabiyot va san’at,sport sohasida mamlakat va xalqaro miqyosdagi erishgan yutuqlarining o‘ziga xos taqdimoti ham bo‘ldi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi natijaga erishgan qiz tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Odilbek Odamboyev,

"Xalq so‘zi” muxbiri