Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Ziyoratchilarimiz haj ziyoratini ado etish baxtiga musharraf bo‘lishdi
05.09.2018

Urganch xalqaro aeroportida “Jidda-Urganch” yo‘nalishi bo‘yicha haj ziyoratidan qaytgan hamyurtlarimiz viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari tomonidan munosib kutib olindi. Davlatimiz tomonidan yurtdoshlarimizning islom dinining ulug‘ arkonlari, jumladan, haj va umra amallarini emin-erkin, qanoat va shukronalik bilan ado etishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda. - O‘zbekistondan borgan ziyoratchilarimiz alohida guruhlarga ajratilib, har bir guruhga tajribali kishilar bosh bo‘ldi. Ziyoratchilarimizga har tomonlama yuqori darajada g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, alohida shifokorlar ajratilgani, haj amallarini bajarish tartibi, yo‘nalishlar aniq belgilab qo‘yilgani bois qiyinchilik va muammolar bo‘lmadi – deydi Urganch shahar bosh imomi Xasan Kenjaev. – Bizlarni kutib olishda ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuqori saviyada tashkil etilganligidan juda mamnun bo‘ldik Viloyatimizdan 203 nafar ziyoratchilarimiz haj ziyoratini ado etish baxtiga musharraf bo‘lishdi.