Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



YUQORI TEXNOLOGIYALARNING YANGI IMKONIYATLARI
03.08.2015

Keyingi yillarda mamlakatimiz ichki bozorini iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish, xizmat ko‘rsatishning yangi va zamonaviy turlarini joriy etish xamda eksport salohiyatini yuksaltirishda xususiy sektor vakillarining xissasi tobora ortib borayapti. Natijada iqisodiyotimizning muhim tayanchi xisoblangan mahalliy tadbirkor va ishbilarmonlarimiz tomonidan aholining import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarga bo‘lgan extiyoji ta’minlanishi barobarida, joylarda yangi-yangi ish o‘rinlari yaratilib, yurtdoshlarimiz real daromadlari muttasil oshmoqda. Buni Xorazm viloyatida mazkur soxada olib borilayotgan islohotlar va ularning yaqqol samarasi misolida xam ko‘rish mumkin.Xususan , joriy yilning birinchi yarmida voxadagi 10 mingdan ziyod tadbirkorlik sub’ektlarining yalpi xududiy mahsulotdagi ulushi 61,3 foizni tashkil etdi.

MODERNIZATSIYA

Ana shunday yukori o‘sish sur’atlariga erishishda Urganch shahridagi “Mini akkumulyator” mas’uliyati cheklangan jamiyatining ham munosib hissasi bor. Aytish joizki, mazkur korxona dastlab chetdan keltirilgan ehtiyot qismlarni yig‘ib, akkumulyatorlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanardi. Ko‘p o‘tmay, kichik biznes sub’ektiga ilg‘or dastgohlar keltirilishi natijasida akkumulyatorlarni to‘liq shu yerda tayyorlash o‘zlashtirildi. 2007 yilga kelib esa jamiyat tomonidan Jizzax akkumulyator zavodiga monobloklar yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi. Bunda yiliga 400 ming dona ana shunday mahsulot tayyorlash quvvatiga ega zamonaviy texnologik liniya keltirib o‘rnatilgani muhim omil bo‘ldi. 2010 yildan boshlab esa korxona xalqaro ISO 9001:2009 standarti asosida samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotir.
Izlanish va intilish - muvaffaqiyatlar garovi. Buni xisobga olgan “Mini akkumulyator" jamoasi 2013 yilda yana bir yangillikka qo‘l urdi. Ya’ni korxona tsexlariga 4 ta zamonaviy dastgoh keltirib o‘rnatildi. Pirovardida bu yerda yangi rusumdagi akkumulyator monobloklari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, mavjud quvvatlar ikki barobar oshirildi.
Binobarin, kasb-hunar kollejlarini bitirgan 10 nafar yoshning bandligi ta’minlandi. Qolaversa, bunday sa’y-harakatlar natijasida yil boshidan buyon jamiyatda 2 milliard 35 million so‘mlikdan ortiq mahsulot tayyorlanib, buyurtmachilarga yetkazib berildi. Bundan tashqari, joriy yilda umumiy qiymati 625 million so‘mlik yana bir yangi loyiha ro‘yobga chiqarilib, polipropilen quvurlar tayyorlash o‘zlashtirildi. Natijada bu yerda kuniga 7 turdagi, issiq va sovuq suvga mo‘ljallangan 3 ming pogonometr quvurlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
- Korxonamiz istiqlol tengdoshi, - deydi jamiyat rahbari Arslon Qalandarov. - O‘tgan davrda mahsulotlarimiz turi ko‘paydi, ishchilarimiz soni 43 nafarga yetdi. Albatta, bularning barchasi mamlakatimizda ishbilarmonlar uchun yaratilgan beqiyos imkoniyatlar samarasidir. Xozir viloyatimiz iqtisodiyotiga yanada ko‘prok hissa qo‘shish uchun intilayapmiz. Shu maqsadda kelgusida ko‘plab istiqbolli loyihalarni ro‘yobga chiqarishni rejalashtirganmiz.


Oybek RAHIMOV, Shomurot SHARAPOV, 
“Xalq so‘zi” 2015 yil 1 avgust, № 151 (6334)