Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



YUKSAK E’ZOZ VA EHTIROM
09.05.2018

9 - MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI

Xorazm  viloyatida  ham umumxalq bayrami - 9 may – Xotira va qadrlash kuni   yuksak saviyada,  bugungi dorilomon kunlarga shukronalik bilan keng nishonlandi. O‘tganlar yana bir bor xotirlandi, o‘sha mudhish urush yillaridagi  yo‘qotishlar, og‘ir azob-uqubatlar  yana  esga olindi.

Avvalo, mahalliy hokimliklar,  mudofaa va ichki ishlar bo‘limlari,  Xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bilan birgalikda ushbu sanaga puxta hozirlik ko‘rildi. Bayrammunosabati bilan  barcha xotira maydonlari, ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolarda  obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ko‘cha va maydonlar Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan pannolar, ko‘rgazmali vositalar bilan bezatildi. Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xonadonlarida bo‘lib, oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi.Shuningdek,  korxona va tashkilotlarda,  mahallalarda, o‘quv muassasalarida   “Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas”, “Mardlik, burch va sadoqat” shiorlari ostida uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil qilindi. 

Barcha joylarda bo‘lganidek, Xorazm viloyatida  ham Prezidentimizning shu yil 16 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda  “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari 61 nafar urush qatnashchilari xonadonlarida bo‘lib, ularga Prezident tabrigi , qimmatbaho soat va 5 million so‘m pul mukofotini tantanali ravishda topshirdilar.

          9 may kuniertalabdan Urganch shahridagi Xotira maydoni  har qachongidan gavjum bo‘ldi. Urush va mehnat faxriylari, mahalliy hokimliklar, ichki ishlar organlari,milliy gvardiya, harbiy qismlar va keng jamoatchilik vakillari  Motamsaro ona haykali poyiga  alvon gulchambarlar qo‘yib, jang maydonlarida qahramonlik namunalarini ko‘rsatgan ota-bobolarimizning bukilmas irodasi, jasorati va matonatini yod etib,hurmat bajo keltirdilar. 

Bayram tadbirlari Urganch shahrining so‘lim go‘shasida barpo etilgan “Jasorat” bog‘ining ochilish tantanalariga ulanib ketdi. Qadri baland  nuroniylar bilan suhbat  to‘kin bayram dasturxoni atrofida davom etdi. Xotira kitobiga nomlari manguga qayd etilgan mard va jasur yurt o‘g‘lonlarining nomlari, ularning jasoratlari tilga olindi.  Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov yig‘ilganlarni bayram bilan qutladi. Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasi, jumladan, urush yillarining qo‘shiq va kuylari, dasturxon tuzash va tegishli sharoitlar yaratish bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etildi. Urush qatnashchilari  va front ortida mehnat qilgan  faxriylar bunday beqiyos g‘amxo‘rlik va e’tibor uchun Prezidentimizga,xalqimizga minnatdorlik bildirdilar.

Odilbek Odamboev, “Xalq so‘zi” muxbiri