Xorazm viloyati hokimligi rasmiy sayti
Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



Yoshlar uchun mehnat yarmarkasi
20.07.2018

Xorazm viloyati Urganch tumanida tuman prokuraturasi, bandlikka ko‘maklashish markazi, Yoshlar ittifoqi tuman kengashi, bir qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Unda 49 korxona va tashkilot 270 ga yaqin bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi. Yarmarkaga asosan doimiy ish bilan band bo‘lmagan yoshlar taklif etildi. Ish beruvchi sub’ektlar vakillari korxonalarda xodimlarga yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berdi. – Tumanda 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar 45 ming 500 ga yaqin bo‘lib, o‘tgan vaqt mobaynida qariyb 25 ming nafarining qiziqishi, muammo va tashvishlari o‘rganildi, – deydi Urganch tumani prokurori vazifasini bajaruvchi Dilshod Madirimov. – O‘rganish davomida yoshlar tomonidan 3 ming 599 masala ko‘tarildi. Oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, tadbirkorlik, kredit, bandlik, fermerlik, tomorqa madaniyati, qurilish sohasi, maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha 3 ming 79 masala ijrosi rejalashtirildi va mutasaddi tashkilotlarga ijro uchun yo‘naltirildi. Bugungi yarmarkada ham ko‘plab yoshlar o‘zlari uchun mos va qulay ish o‘rniga joylashdi. Mehnat yarmarkasida o‘z tadbirkorligini boshlash istagida bo‘lgan kollej bitiruvchilariga imtiyozli kredit olish uchun bank xodimlari tomonidan tushunchalar berildi. Shuningdek, banklar tomonidan imtiyozli kredit asosida chorvachilik, parrandachilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan yoshlarga chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari bilan kelishilgan holda naslli qoramol va parrandalar shu yerning o‘zida rasmiylashtirib berildi. “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida Yoshlar ittifoqi tuman kengashi binosida ish boshlagan “Azizbek-Otaboy” xususiy korxonasiga 12 nafar tikuvchi ishga qabul qilindi. – II guruh nogironiman, lekin tikuvchilik qo‘limdan keladi, – deydi Nargiza Zaripova. – Yaqinda tuman xotin-qizlar qo‘mitasi ko‘magi bilan arzonlashtirilgan uy-joyga ega bo‘ldim. Bugungi mehnat yarmarkasida “Azizbek-Otaboy” xususiy korxonasiga tikuvchilikka ishga joylashdim. O‘z ehtiyojim, oilam uchun mustaqil ravishda o‘zim pul ishlab topishimdan mamnunman.

A.SHOKIROV, O‘zA