Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



"YOSHLAR MARKAZI”NING OCHILISH MAROSIMI DOIRASIDA O‘TKAZILGAN TADBIRLAR
08.08.2017

"YOSHLAR MARKAZI”NING OCHILISH MAROSIMI DOIRASIDA O‘TKAZILGAN TADBIRLAR

O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab - quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamalakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab - quvvatlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5106-sonli farmoniga muvofiq joriy yilning 5-avgust kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida "Yoshlar markazi”ning hamda Hazorasp tumani Pedaogika kasb-hunar kolleji negizida "Yoshlar markazi”ni tantanali ochilish marosimlari o‘tkazildi.

2017-yil 5-avgust kuni Xonqa tumaninidagi "Vaisyoz-Qaxramon” fermer xo‘jaligida 250 nafar yosh tadbirkorlar va yosh fermerlar bilan Prezident maslahatchisi – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Qo‘chqorovich bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Mazkur muloqotda "Mening biznes g‘oyam” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, biroq bankdan hanuzgacha imtiyozli kredit olmagan Sultonboyeva Chinniposhshaning ishi hal qilib berildi. Bank xodimlari bu ishni
3 kundan ortiq kechiktirmaslikga va’da berishdi. Shuningdek, Chinniposhshaa imkoniyati cheklangan yoshlar bandligini ta’minlash maslalasida reja ishlab chiqqani va buning uchun unga bino zarurligi sabab, Xonqa tumani hokimi uni joy bilan ta’minlashi haqida keltirib o‘tdi. Imkoniyati cheklangan yoshlar bandliini ta’minlash hozirda dolzarb masala ekanligi hech kimga sir emas. Q.Quranbayev Chinniposhshaga Ittifoq nomidan 5 ta tikuv mashinasini sovg‘a qildi. Bundan tashqari "The Book cafe” tashkil etish niyati bo‘lgan, ammo o‘zi istiqomat qiladigan tuman hokimiyati tomonidan yordam ololmagan Diyorbek Qurbonov ham o‘ziga ma’qul joyda mazkur kafeni ochish borasida Prezident maslahatchisining va’dasini oldi. Ochiq muloqot davomida so‘zga chiqqan Islombek Avezov esa o‘z taklifi sabab "Yosh sartaroshlar uyushmasi” rahbarligiga tayinlandi.

Shundan so‘ng barcha ishtirokchilar, respublika targ‘ibot guruhi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raislari va OAV vakillar "Temurbeklar maktabi” harbiy yuridik litseyga tashrif buyurishdi. Litseyning boshlang‘ich tashilot etakchisi xonasi bilan tanishildi, bu xonani etarli jihozlar bilan ta’minlash va namunali holga keltirilishini ta’kidlandi. Tashrif doirasida yosh vazir o‘rinbosarlari Alisher Sa’dullayev va Olim To‘ychiyev o‘quvchi yoshlar bilan suhbat qurishdi.

Urganch shahrida joylashgan "Yoshlik” sport majmuasida
"Yozni Kamalak bilan” loyihasi doirasida mahallalardagi uyushmagan yoshlar va bolalar o‘rtasida suzish, futbol, badiiy gimnastika, engil atletika og‘ir atletika, boks, karate, shaxmat, gandbol va basketbol sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan yoshlarni taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi. Ular yoshlar ittifoqining hududiy Kengash raislari tomonidan taqdirlanishdi. "Yoshlik” sport majmuasi rahbari barchani majmuaning binolari, u erdagi zamonaviy sport jihozlari va yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan shuningdek, majmuada tayyorgarlik ko‘rib bugungi kunda xalqaro arenalarda mamlakatimiz bayrog‘ini yuqori ko‘tarib, vohamiz hamda yurtimiz sha’nini munosib himoya qilib kelayotgan yosh umidli sportchilar bilan ham yaqindan tanishtirildi.

Urganch shahrida yangi qad rostlagan Komiljon Otaniyozovning ijod markazi o‘ziga chorladi. Musiqadan o‘qitish xonasi va ijod qilish uchun barcha sharoita ega bo‘lgan xonalar yoshlarimiz uchun istiqbolli kelajak poydevori sifatida xizmat qilishi tayin. Tashrif doirasida mehmonlar ijod saroyidagi yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib chiqish va u erdagi yosh iqtidor egalari bilan tanishgan mexmonlar mazkur dargohdan hali ko‘plab Komiljonlar va Xojixonlar etishib chiqishini alohida ta’kidlashdi.

Urganch shahri markazida joylashgan Amir Temur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida qad rostlagan Yoshlar markazining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Ochilish marosimida viloyat hokimi Po‘lat Bobojanov so‘zga chiqib, yoshlarni qo‘shaloq bayram bilan tabrikladi. So‘zga chiqqan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quranbaev Xorazm yoshlari uchun uchinchi teatr tashkil etilishi va u "Yoshlar teatri” deb nomlanishi haqida ta’kidlab gapirdilar. Shu vaqtga qadar Xorazmda ikkita teatr faoliyat yuritayotganligini e’tiborga olsak, uchinchi teatr yoshlar uchun katta orzular eshigini ochishi shubhasiz. Chiroyli tarzda o‘tgan ochilish marosimi ustoz san’atkorlar va estrada xonandalarini ishtirokidagi kontsert dasturiga ulanib ketdi.

2017-yil 5-avgust kuni o‘tkazilgan tadbirlarda 6000 dan ortiq yoshlar qamrab olindi.

2017-yil 6-avgust mamlakatimizda yoshlarga jumladan yosh oilalarga ularni ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash, jamiyatning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib kelayotgan, sport, san’at, fan, madaniyat va boshqa sohalarda katta yutuqlarga erishib kelayotgan yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida yosh oila vakillariga imtiyozli va uzoq muddatli ipoteka krediti asosida Yoshlar uylari har yili tantanali ravishda topshirilib kelinmoqda. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy va hududiy Kengashi raislarining Xorazm viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni ham aynan Urganch shahrida barpo qilingan Yoshlar uyining tantanali ochilish marosimi bilan boshlandi. Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslaxatchisi Qahramon Quranboev va viloyat hokimi Po‘lat Bobojonov so‘zga chiqib barcha yosh oila vakillarini qizg‘in muborakbod qildi. Tantanali marosimda turli sohalarda yutuqlarga erishgan yoshlarga 32 ta kvartiralar o‘z egalariga topshirildi.

Jumladan, Prezident stipendiyasi sovrindori Matyoqubov Nurbek, sportning Karate turi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Yusupov Sulaymon, Ulug‘bek stipendiyasi sovrindori Sodiqova Sabohat, Chin uchtida xokkey sport turida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Yo‘ldosheva Shahnoza kabi iqtidorli yoshlarimiz erishgan yutuqlari nashidasini ko‘rishmoqda.

O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №-5106-sonli farmoniga muvofiq joriy yilning 6-avgust kuni Xorazm viloyati Prezident maslahatchisi – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi bilan Xazorasp tumanidagi Tuproqqala massivida yoshlar va bir kator idora tashkilot vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida so‘zga chiqqan Sotiboldieva Maftuna ismli qizning taklifiga binoan 50 nafar yosh va 25 nafar nuroniyning Toshkent shahriga tashrifiga va’da berdi.

Shundan so‘ng Ittifoq vakillari "GM Uzbekistan” damas ishlab chikaruvchi zavodga tashrif buyurib, u erdagi mavjud shart sharoitlar, yoshlardan iborat 200 nafar mehnat jamoasi bilan tanishdilar.

Bundan tashqari Hazorasp tumanida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Hazorasp tumani Kengashi tasarrufiga o‘tkazilgan Pedagogika kasb-hunar kolleji binosi o‘rnida Yoshlar markazi ish faoliyatini boshlagani sababli mazkur Yoshlar markazining ham ochilish marosimi o‘tkazilib, unda
1200 nafar yoshlar ishtirok etishdi

Bino 350 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib unda 11 ta to‘garak faoliyat yuritadi. Jumladan rus va ingiliz tili to‘garagi, yosh hunarmandlar to‘garagi, musiqa hamda boshqa yoshlar uchun tashkil qilingan to‘garaklar Hazorasp yoshlari uchun ayni muddao bo‘ldi.

Shuningdek, markazda imkoniyati cheklangan yoshlar uchun alohida to‘garak bo‘lib, Olimjon Tuychiev tashabbusi bilan Brayn alifbosidagi kompyuterlar mazkur to‘garak a’zolari uchun maxsus keltirilishi ta’kidlandi. Markaz ochilish marosimidan so‘ng el sevgan san’atkorlar ishtirokida kontsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Hazorasp tumani yoshlari uchun ushbu kun unutilmas tantanalarga boy, kun sifatida xotiralarida qolishi ajabmas.