Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



YOShLAR KUNI KO‘TARINKI RUHDA O‘TMOQDA
30.06.2018

Urganch shahridagi “Avesto” majmuasida “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlangan bayram tantanalari ko‘tarinki ruhda o‘tdi. “Avesto” majmuasi bayramona bezatilgan. Chorlov musiqasi bayramning shodiyonasi boshlanayotganidan darak beradi. Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F. Ermanov O‘zbekiston Respublikasi prezidentining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi va yoshlarni bayram bilan muborakbod etdi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng adabiyot, san’at, sport va boshqa yo‘nalishlarda yutuqlarni qo‘lga kiritishgan iqtidor yoshlarga Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi F. Ermanov va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisining o‘rinbosari M.Zufarov diplom va qimmatbaho sovg‘alarni tantanali topshirishdi. Bayramning teatrlashgan musiqali dasturlari boshlanadi. Sahnaga sho‘x-shodon o‘g‘il-qizlar kirib keldi. Yurtimizda yosh avlodning barkamol voyaga yetishi, chuqur bilim olishlari, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Tadbir ishtirokchilari dil izhorlarini bildirishdi. -Tadbirkorlar, biz yoshlarga bugun qobiliyatimizni namoyon qilishimiz uchun imkoniyatlar yaratilgan, -deydi “Shuhrat” medali sohibi, yosh tadbirkor Matkarim Matkarimov. – Bugun Prezidentimizning biz yoshlarga yuborgan tabrigini tinglab , yoshlarga ko‘rsatilayotgan beqiyos e’tibor, g‘amho‘rlikdan yanada quvonib, to‘lqinlandim. Endilikda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi sifatida yangi loyihalarni, ishlab chiqarishni kengaytirishni rejalashtirmoqdaman. “Avesto” majmuasi uzra dilrabo qo‘shiqlar, sho‘x kuylar avjiga chiqdi. San’atkorlar, xonandalarning qo‘shiqlariga bayram qatnashchilari ham quvona raqsga tushdilar. Yoshlikni, do‘stlikni, mustaqil Vatanimiz tinchligini, farovon turmushni madh etuvchi qo‘shiqlar yangradi. Bunday bayram shodiyonalari yoshlarni yanada yutuqlar, ilm va mehnat zafarlari sari undaydi.

Shonazar KARRIEV