Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



YOSHLAR BANDLIGINI – SEKTORLAR E’TIBORIDA
10.04.2018

Xorazm viloyati to‘rtinchi sektori, viloyat davlat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan Xiva tumanida bo‘sh ish o‘rinlar yarmarkasi tashkil etildi. Xorazm viloyati  va tuman hokimliklari, viloyat bandlik bosh boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda boshqa bir qator tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirning ochilishida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, bandlikni ta’minlash va aholi daromadlarini oshirish davlatimiz ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekani ta’kidlandi. 

Ayni kunda viloyatning to‘rtinchi sektoriga qarashli hududlarda sektorlar faoliyatini har tomonlama namunali tashkil etishda hamjihatlikda ish olib borilmoqda. Shu maqsadda uy-joy, kommunal xizmat, tabiiy va suyultirilgan gaz,ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minoti, ichki yo‘llar sifati va transport qatnovini yaxshilash, obodonlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, kredit olish, aholi salomatligini muhofaza qilish, bandlik masalasi, oila va mahallalarda ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash, kam ta’minlangan oilalarga ko‘mak berish, kuz-qish va qish-bahor mavsumiga tayyorgarlik kabi bir qator masalalarda mavjud muammolar echimiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan viloyat davlat soliq boshqarmasiga Qo‘shko‘pir tumanining 50 ta, Xiva tumanining 29 ta hamda Xiva shahrining 21 ta mahallasi biriktilgan bo‘lib, ushbu hududlarda tuman hokimi, prokurori, ichki ishlar va soliq xizmati organi rahbarlaridan iborat 9 ta ishchi guruh faoliyati tizimli yo‘lga qo‘yilgan. 

Ushbu hududlarda tadbirkorlik sohasini rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Ayniqsa  ishsiz fuqarolar, uyushmagan yoshlar, chet davlatda ishlab qaytganvaqtincha ishsiz yurgan hamda jazodan ozod etilgan shaxslarni bandligini taminlash maqsadida o‘tkazilagan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari chekka hududlarda istiqomat qilayotgan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochdi. 

- O‘tgan yili Xiva tumanidagi 4-sonli akademik litseyni tugatganman. Bugungi kunga qadar bir necha joylarga ish so‘rab murojaat qildim, lekin amaliy natijaga erisholmadim. Viloyat rahbarlarining tashabbusi bilan tumanimizda tashkil etilgan mazkur yarmarkada “Karavan trans” vatanparvar tashkilotiga muxandis bo‘lib ishga joylashdim. Bu kabi tadbirlar biz yoshlarga juda katta yordam berishiga yana bir bor ishonch hosil qildim. Mening taqdirim bilan qiziqqan yurtboshimizga hamda ish bilan ta’minlashda amaliy yordamini ayamagan barcha insonlarga oilamiz nomidan minnatdorchiligimni bildiraman, - deydi xivalik Eldor Jumanazarov .  

Mehnat yarmarkasida Xiva shahri va tumanda faoliyat yuritb kelayotgan 100 ga yaqin korxona va tashkilotlar 300 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar. Shuningdek, mazkur yarmarkada kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, ishsiz yurgan fuqarolar hamda uyushmagan yoshlarning bandligiga ko‘maklashish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishda amaliy yordam ko‘rsatish, ularga o‘z bizneslarini tashkil etishda keng imkoniyatlar yaratib berish uchun viloyatdagi tijorat banklari ham faol ishtirok etdilar. 

- Keyingi yillarda yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi, - deydi viloyat to‘rtinchi sektori rahbari, davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Temurov. – Ayniqsa, menga biriktirilgan hududlarda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasining tashkil etilishi qishloq yoshlariga katta amaliy yordam bermoqda. Bundan tashqari viloyat 4-sektoriga biriktirilgan jami 100 ta mahalla fuqarolar yig‘inida uyma-uy yurib, eng quyi bo‘g‘in – qishloqlardagi dolzarb muammolarni aniqlash, ularni joyida bartaraf etish, tuman va viloyat miqyosida hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalar yuzasidan takliflar tayyorlashga erishilmoqda. Natijada juda ko‘plab oilaviy, ijtimoiy-maishiy, mehnat migratsiyasi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, tadbirkorlik sub’ektlarida mavjud muammolarga echim topish hamda ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, qish-bahor mavsumi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini zahira qilish, aholini ichimlik suvi, suyultirilgan gaz ballonlari va ko‘mir bilan ta’minlash masalalari bevosita mahallalarning o‘zida hal etilishi ta’minlanmoqda.

Yarmarkaga tashrif buyurganlarning asosiy qismini kasb-hunar kolleji bitiruvlari, ishsiz fuqarolar hamda vaqtincha chet davlatlarida ishlab qaytgan yoshlarni tashkil etdi. 

          Tadbir ishtirokchilariga mehnat qonunchiligi va mehnat muhofazasiga oid qonun hujjatlari haqida, tadbirkorlik va kasanachilik faoliyati, xunarmandlar va ularga “Ustoz-shogird” asosida yollanish tartiblari, soliq qonunchiligi, biznes g‘oyalar, mini texnologiyalar, bo‘sh va ijaraga taklif qilinayotgan binolar, tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi, tijorat banklari xizmatlari va taklif qilinayotgan kreditlar kabi bir qator masalalar yuzasidan tushuntirishlar berilib, ko‘zgazmali qo‘llanmalar tarqatildi.

          Mehnat yarmarkasi natijalariga ko‘ra, ishtirokchilardan 88 nafariga doimiy ish o‘rniga joylashishlari uchun yo‘llanmalar berildi, 100 nafardan ortiq ish izlovchilar kasbiy mahoratlarini oshirish uchun kasbga o‘qitish kurslariga jalb qilindi hamda 100 nafarga yaqin kollej bitiruvchilari o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha kerakli maslahatlarni olishdi. 

          Viloyat to‘rtinchi sektori tomonidan hamkor tashkilotlar hamda ishchi guruh a’zolari bilan aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, xususan, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish, hunarmandchilikka va yakka tadbirkorlikka yollash, kasanachilikni yanada rivojlantirish xususida qilinadigan ishlar kelishib olindi.

Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida Xiva shahar va tumanning to‘rtta sektor rahbarlari ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

            


Dilrabo KURYAZOVA