Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



YONIMIZDAN OQQAN DARYO
21.02.2018

Iftihor tuyg‘ulari
O‘zbek she’riyatining G‘afur G‘ulom, Oybek, Xamid Olimjon, Usmon Nosir, Mirtemir, Zulfiya, Asqad Muxtor, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Omon Matjon, Halima Xudoyberdieva, Shavkat Rahmon,Usmon Azim, Xurshid Davron, Muhammad Yusuf kabi so‘z zargarlari ijodi halqimiz tomonidan doimo chuqur e’tirof etib kelinmoqda. Ana o‘sha safda eldoshimiz, ustozimiz, qadrdon og‘amiz Matnazar Abdulhakimning borligi biz, qalamkashlarni bexad shodlantiradi.
Atoqli shoir Abdulla Oripov Matnazar akani jaxonda mashhur alloma Abu Rayxon Beruniyga qiyoslagan edi.
Shunday daho shoir e’tirofi ehtimol milliy adabiyotimiz sahnasida yagonadir? Eslaganimizda beixtiyor quvonamiz, faxrlanamiz.
1980 yilda "Xorazm haqiqati” gazetasi tahririyatida jurnalistika amaliyotini o‘tab yurgan kunlarimda Matnazar Abdulhakimni ilk bora ko‘rganman. U taniqli adib, ustoz Ne’matjon Solaev (Olloh oxiratini obod qilgan bo‘lsin) rahbarlik qilayotgan, men amaliyot o‘tayotgan madaniyat va turmush bo‘limiga tez-tez kelib turardi. Shu davrlarda tortinchoqligim bois Matnazar og‘aga o‘zimni tanitmaganman.
Oradan to‘rt yil o‘tgach, Shovot tumani gazetasida ishlab yurgan kezlarimda Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limiga borib, ustoz bilan tanishdim va o‘sha tanishuv hayotimda burilish yasadi. Ustoz tavsiyasiga ko‘ra, "Tovushsiz qadam” nomli kitobim Toshkentdagi nashriyotga jo‘natildi. Kitob chiqqach, ustozning o‘zi "Hayrat” sarlavhali maqola yozib, Shovot tumani gazetasida e’lon qildirdi. O‘sha sarg‘aygan gazetani to hanuz arxivimda asrab qo‘yibman. Har gal gazetaga ko‘z tashlaganimda ruhlanaman. Umuman olganda, "Terakka yaqin yulduz”, "Zvezda nad topolyami”, "Ikki nur”, "Davsaman” she’riy to‘plamlarimni dunyoga kelishida ustozning xizmatlari beqiyos. Jumanazar Yusupov, Yusuf Latif, Shuhrat Matkarim, Boltaboy Bekmatov, Gavhar Ibodullaeva, Ismoil Ollaberganov, Otabek Ismoilov, Mahmud Rajab kabi viloyatimizda yashab, Toshkent adabiy doirasida tanilgan shoiru-nasrnavislar ijodi bevosita Matnazar Abdulhakim murabbiyligida ro‘yobga chiqqanini xotiramdan o‘tkazib, o‘z-o‘zimga shunday savolni beramanki, agarda ustoz Toshkentda yashaganida Xorazm adabiy harakatchiligining holi ne kechgan bo‘lur edi?
Yaxshi shoirlar avval ham ko‘p bo‘lgan, xozir ham ko‘p. Ammo, xalq orasida mashhur bo‘lishlik barchaga ham nasib etavermaydigan baxt. Buyuk shoir maqomiga ko‘tarilish oson emas. Ustoz Matnazar Abdulhakim hazratlarimiz Munis va Ogahiy kabi o‘zi tug‘ilib o‘sgan zaminda yashab, mamlakat va xalqaro miqyosda dovrug‘ taratgan shoir, tarjimon, olimdir. U aruz, barmoq, sarbast vaznlarida birdek kashfiyotlar yarata olgani bois o‘z iborasi bilan aytganda "gigant shoirlar” safiga kira olgan.
Kamina milliy she’riyatimiz bo‘stonida bu qadar serqirra, betakror, g‘aroyib shoirni ko‘rmaganman, desam shogirdlik ehtiromiga yo‘ymagaysiz. Haqiqatan ham shunday. Negaki, Matnazar Abdulhakim she’riyati xech bir shoir she’riyatiga o‘xshamaydi. O‘xshamaslik barobarida bu muborak ijodda turfa xil usullarga duch kelasiz.
Ustoz she’riyat haqida so‘zlaganida "Yangilik yaratish kerak” jumlalarini ohista, jiddiy aytar edilar. Uning fikricha, eng muhimi - yangilik. "Boshqalarning hayoliga kelmaydigan yangilik yaratsang, bir kunmas bir kun ijoding o‘z o‘quvchilarini topadi” derdilar va suhbatni xazil-mutoyiba taraf burib yuborar edilar: "Baxrom, sening she’rlaringni men tushunaman, endi o‘zing ham tushunmaydigan she’rlar yoz!”.
Shundan keyin modernizm uslubida she’rlar ijod qilganim va bu yo‘nalishda xalqaro miqyosda tanilganim ham ustoz Matnazar Abdulhakim sharofatidandir.
Ustozimiz nafaqat o‘zbek tilidagi, balki rus, fors tillaridagi durdona asarlarni muntazam ravishda mutolaa qilganidan biz, shogirdlari voqifmiz. Ana o‘sha mutolaa ta’sirida ul zot bebaho asarlar yaratgan. Shayx Najmiddin Qubro, Pahlavon Mah¬mud, Mirzo Abdulqodir Bedil asarlarini forsiydan o‘zbek tiliga mahorat ila o‘girganini o‘zi tarixiy hodisadir.
Xazrati Pahlavon Mahmud ruboiylarini shu qadar nafis shaklda o‘girganki, mutolaa jarayonida beixtiyor xayratlanib ketasan odam:
Chexrangni husn mulkida gul-gul qilding,
Sayratdingu bizni, mast bulbul qilding.
Sochingni tugun -tugunqilib, ey dildor,
Sen parchalading, yurakni chil-chil qilding.
Shak-shubha yo‘qki, mahobatli ijod zaminida insoniyatni go‘zallikni xis etishga yo‘naltirilgan da’vat pinxon.
"Dunyoning ishlari” sarlavxali she’ri orkali muallif insonlarni tirikchilik uchunmas, balki tiriklik uchun kurashga chorlagan. Tiriklik esa go‘zal¬likni, nafosatni ruxan sharaflamoq demak:
Anor gullagandi cho‘g‘dek qip - qizil,
Baxsh etib dillarga so‘nmas bir farah...
Aftidan, shu gul deb allaqaydadir
Bir bulbul tinimsiz qilardi chah-chah.

Chirqillardi cho‘chib, kelolmay yaqin,
Ko‘hna ishq dostonin qayta to‘qirdi.
Ammo... qo‘rqmay - netmay bir surbet chumchuq,
U gulni bemalol cho‘qirdi.
Muallif talqinicha, Chumchuq - joxil odam obrazi. Bulbul esa yuragi go‘zallik shavqida dukillab urib turadigan Xazrati odam. Chumchuq sayrog‘ini va Bul¬bul xonishlarini xayolan taqqoslab, dunyoning ishla¬ri naqadar murakkablik kasb etganini chuqur anglaysiz. Zotan, fano olami - sinov olamidir.
Asl xayot yurakda kechadi, deydilar ustoz. Karang, kanday oddiy, ammo ma’nosi chukur falsafa. "Men yaratgan dunyo” sarlavxali she’rida aynan o‘sha falsafa obrazlarda ifoda etilgan:
Erda tirikchilik,
Yurakda hayot
Kechirar insonlar...
Men shuni tuydim.
Agarda menga Matnazar Abdulhakim shaxsiyatini belgilovchi eng asosiy fazilat nimada edi, deb so‘rasalar, javob berardimki, ustoz ijodkorlarni ezgu maqsad yo‘lida birlashtira olish salohiyati tufayli murabbiyga evrildi - bu uning noyob qirrasi. Tur¬fa fe’l-atvorga, turfa hil dunyoqarashga, turfa hil saviyaga ega qalamkashlarni birlashtirish amali xamirdan qil sug‘urganday oson kechmaganligi aniq.
Ustoz bir kitobini "Yonimdagi daryolar” deb nomlagan. Aslida uning o‘zi daryo. Goh sokin, goh sal to‘lqinlanib, goh mavjlarini shamollar ila tutashtirib oqadigan daryo! Yonimizdan oqqan daryoning shifobaxsh suvlaridan kelajak avlod vakillari ham chanqog‘ini qondirishiga ishonchimiz komil. Zotan, o‘zlari bashorat qilganiday:
Tog‘dek toqatlardan mumiyodek sirqib,
Do‘stlarga atalgan dil rozlarimiz.
Qanotimiz po‘lat Hech bo‘lmas qirqib,
Jaranglab turadi parvozlarimiz.
Shoir tavalludi kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan davralarda Matnazar ustoz she’rlari baralla yangramoqda.
Bahrom RO‘ZIMUHAMMAD, 
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.