Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



YONG‘IN XAVFSIZLIGI NOXUSH XOLATLARNI OLDINI OLISHNING MUXIM OMILI
22.12.2014

Ma’lumki, qish faslida korxona va tashkilotlarda isitish vositalariga talab ortadi. Bu esa yong‘in xavfining keskin oshishiga sabab bo‘ladi.
Shu bois ushbu davrda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, yong‘inni bartaraf etuvchi texnik vositalarni taxt qilib qo‘yish xavf-xatarning oldini olishda muhim o‘rin tutadi. “Urganchtransgaz” sho‘’ba korxonasi va tarmoq korxonalarida yong‘in xavfsizligi tadbirlarini kuchaytirish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish choralari ko‘rilmoqda. Shu asosda korxonada maxsus komissiya tuzilib, ishlab chiqarish binolarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar muntazam ravishda muhokama qilinib borilmoqda. Shuningdek, binolarni yong‘in xavfsizligi qoidalari talabiga muvofiq holga keltirish, soha ob’ektlarini xavfsizlik qoidalari asosida nazoratdan o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.
Xususan “Urganchtransgaz” sho‘’ba korxonasining Xiva tumanida joylashgan “Gazenergota’mirlash” texnik ishlab chiqarish korxonasi va o‘quv kursi kombinatida yong‘in o‘chirish amaliy taktik mashg‘ulotlari va yong‘in xavfsizligi texnikalari namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Unda korxona xodimlari, mutaxassislar, tuman yong‘in xavfsizligi, sog‘liqni saqlash va favqulodda vaziyatlar bo‘limlari xodimlari ishtirok etdi.
Amaliy tadbirda korxonaning yong‘inga qarshi holati ko‘zdan kechirildi. Shartli yong‘in o‘chog‘ini bartaraf etishda, yong‘in sodir bo‘lganida xarakatlanish tartibi, bino va jihozlarni yong‘indan asrash, alanga va tutundan zararlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari namoyish etildi. Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida xavfsizlik texnikalari va maxsus anjomlar ishga tushirilib, sinovdan o‘tkazildi. Shu bilan birga amaliy mashg‘ulotlarda yong‘in havfsizligi, favqullodda vaziyatlar, sog‘liqni saklash bo‘limlari xodimlarining yong‘inni o‘chirish va qutqaruv ishlaridagi faoliyati ko‘zdan kechirildi.
- Yong‘inga qarshi kurashish, uning oldini olishga karatilgan tadbirlar mehnat muhofazasi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz xolatlarni bartaraf etishda muhim omil sanaladi. Korxonamizda tashkil etilgan taktik amaliy mashg‘ulotlarda xodimlarimiz yong‘inning oldini olish, unga qarshi kurashish qoidalari to‘g‘risida mustaxkam bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Amaliy mashg‘ulot tadbirlari, texnikalar namoyishi yong‘in xavfsizligi qoidalarini to‘g‘ri tashkil etishda yuqori samara berishi shubhasiz, - deydi “Urganchtransgaz” sho‘’ba korxonasi muxandisi Ahmadjon Mavlonov.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, yong‘inni o‘chirish texnikalarini ishlatish, qutqaruv va tibbiy yordam ishlarini tashkil etish bo‘yicha muayyan ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Mashg‘ulotlar davomida alangani o‘chiruvchi texnika vositalarining ko‘rgazmasi tashkil etildi.


 “Xorazm xaqiqati” 2014 yil 20 dekabr № 101 (19135)