Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



YONG‘IN XAVFSIZLIGI CHORA-TADBIRLARINI KO‘RISH - DOLZARB VAZIFA
28.09.2017

Viloyat hokimligida

YONG‘IN XAVFSIZLIGI CHORA-TADBIRLARINI KO‘RISH - DOLZARB VAZIFA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-maydagi "Ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentyabrdagi "Yong‘inlar profilaktikasi kunlarini o‘tkazish va yong‘in xavfsizligi choralarinn kuchaytirishto‘g‘risida"gi qarorining ijrosinn ta’minlash maqsadida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi I.Sabirov qaror qabul qildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentyabrdagi "Yong‘inlar profilaktikasi kunlarini o‘tkazish va yong‘in xavfsizligi choralarini kuchaytirish to‘g‘risida"gi qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinganligi qayd etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti­ning "Ichki ishlar organlari yong‘in xavf­sizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2017-yil 23-maydagi qaroriga muvofiq haftaninghar chorshanba kuni Yong‘inlar profilaktikasi kuni etib belgilanganligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari huzurida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha komissiyalar tashkil etilib, ularning vazifalari belgilanganligi,
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatiga yong‘inlar profilaktikasi kunla­rini tashkil etish va o‘tkazish vazifasi yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinganligi qarorda ta’kidlanadi.

Viloyat hokimining o‘rinbosariga, shahar va tumanlar hokimliklariga mahalliy davlat hokimiyati organlari huzurida tashkil etilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha komissiyalar faoliyati nazorat qilinishini, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlar paydo bo‘lishiga olib keladigan sabablar va shartsharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasi bilan birgalikda jamoat joylari va jamoat transportida yong‘inlarning oldini olishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali tashviqot materiallari joylashtirilishini, jamoatchilikni profi­laktika kunlari doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishga keng jalb etishni, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha komis­siyalar bilan birgalikda yong‘inlar profi­laktikasi kunlarini o‘tkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidahar yili o‘tkaziladigan tanlovlarda har chorakda tahlil etish, tanlovlar yakunlariga ko‘ra g‘oliblarni esdalik sovg‘alari bilan mukofotlashni tashkil etilishini ta’minlash topshirildi.

Viloyat boshqarmalari, tashkilotlari va muassasalari rahbarlari shahar va tumanlar hokimliklari birgalikda har chorakda yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalasi yuzasidan yig‘ilishlar o‘tkazish va ularda idoraviy mansub ob’ektlar, turarjoy fondi va hududlarning yong‘inga qarshi holatini tanqidiy tahlil qilish, gaz, energetika va suv xo‘jaligini isitish moslamalarining holati va yaroqliligiga alohida e’tibor qaratish, ob’ektlardagi yong‘in xavfsizligi bo‘linmalarini yong‘in texnikasi va uskunalari bi­lan ta’minlash choralarini ko‘rish, yong‘inga qarshi targ‘ibot hamda ishchilar, xizmatchilar, ta’lim muassasala­ri o‘quvchilari va aholini yong‘in xavfsizligi choralarini qo‘llash bo‘yicha o‘qitish ishlarini kuchaytirish, yong‘inlarning oldini olish tadbirlariga jamoatchilikni keng jalb etish, o‘zlarining tasarrufidagi yong‘indan himoya qilish tizimlari va vositalari, yong‘inga qarshi suv ta’minoti manbalarini (gidrantlar, rezervuarlar, hovuzlar, ichki yong‘in kranlari) yaroqliholatga keltirish choralarini ko‘rish qarorda alohida qayd etiladi.

Urganch Davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari univer­siteti Urganch filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi va viloyat xalqta’limi boshqarmasiga viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda "Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasiga muvofiq ta’lim muassasalarida majburiy fan sifatida joriy etish uchun yong‘in xavfsizligi choralarini qo‘llash va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamdao‘rgatish bo‘yicha maxsus dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, bolalarni yong‘in xavfsizligi choralarini qo‘llashgao‘qitish, kasb tanlashga ko‘maklashish, yong‘inga qarshi targ‘ibot ishlarini muntazam o‘tkazish, shuningdek, yong‘inlarning oldini olish, o‘quvchilarga yong‘inlar paytida to‘g‘riharakat qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni singdirish va mustahkamlash maqsadida umumiy o‘rta,o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladigan yosh o‘t o‘chiruvchilar drujinalari bilan tizimli asosda ishlashni tashkil etish bo‘yicha jamoat yo‘riqchilarini tayyorlash borasida samarali ishlarni muntazam tash­kil etish topshirildi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi­ga viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, Xorazm teleradiokompaniyasi, "Xorazm haqiqati" va "Xorezmskaya pravda" gazetalari birlashgan tahririyati va boshqa ommaviy-axborot vositalari bilan hamkorlikda yong‘inlar profilaktikasi kunlari­ni ommaviy-axborot vositalarida keng yoritish, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mavzuga oid maxsus mavzuli videoroliklar ishlab chiqilishini va ularning muntazam namoyish etilishini ta’minlash, fuqarolarningo‘zini o‘zi boshqarish organlari va davlat yong‘in nazorati organlari bilan birgalikda yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalasi uzoq vaqtdan buyon hal etilmayotgan ob’ektlar va aholi punktlariga reydlar tash­kil etilishi topshirildi.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2017-yil 20-sentyabr №75