Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI QOIDALARIGA RIOYA QILISH - BARCHANING VAZIFASI
31.07.2017

Viloyat hokimligida

Viloyatimizda yo‘l harakati xavfsizligi ikki oyligi davom etmoqda.

YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI QOIDALARIGA RIOYA QILISH - BARCHANING VAZIFASI

Viloyat hokimi P.Bobojonovning qabul qilgan farmoyishida mazkur oylikning asosiy vazifalari aniq ko‘rsatib berilgan.

Ayni paytda mazkur farmoyish ijrosi ta’minlanib, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish maqsadida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Transport vositalari va piyodalar, jumladan, bolalar hara­kati serqatnov bo‘lgan yo‘llar va joylar belgilanib, ular ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, transport vositalarining texnik tayyorgarligini yaxshilash, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi va boshqa ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalarini o‘qitish ishlarini yanada takomillashtirish, viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlarining ommaviy axborot vositalarida faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Yo‘l harakati xavfsizligi ikki oyligini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha komissiya a’zolari mehnat jamoalarida, aholi istiqomat joylarida bo‘lib, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish barchaning vazifasi ekanligi to‘g‘risida uchrashuvlar, davra suhbatlarini o‘tkazmoqdalar. Bu jarayonda ko‘rgazmali targ‘ibot vositalaridan samarali foydalanayotirlar.

Joriy yilning 10 sentabrigacha davom etadigan "Yo‘l hara­kati xavfsizligi ikki oyligi" jarayonida har o‘n kunda tadbirning o‘tkazilishi muhokama etilib, unda mutasaddi rahbarlarning hisobotlari eshitilib borilmoqda.

"Xorazm haqiqati" gazetasi,

2017-yil 29-iyul №60